Hamburger
Close
Купить билет
  • +998 (71) 200-22-90
  • info@amirsoy.com
Alpina Restaurant

AMIRSOY 2024: YUTUQLAR, YANGI CHO‘QQILAR VA ISTIQBOLLAR

(2024-yildagi faoliyat va 2025-yil uchun rejalar to'g'risida hisobot)

2024-YIL: O’SISH, TARAQQIYOT VA E’TIROF YILI

Keng taniqlilik: muvafaqqiyat ko'rsatkichlari
  • Birinchi marta kurort mehmonlarining yillik soni 660 ming kishidan oshdi, bu esa rekord natija bo'ldi. Bu muvaffaqiyat mehmonlarimizning ishonchini va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatining yuksak baholanganini ko'rsatadi.
  • Amirsoy xalqaro va milliy tomoshabinlar e'tiborini jalb qilishda davom etib, yetakchi tog' turizmi markazi sifatidagi mavqeini mustahkamladi. Buni ikki davlat rahbarlarining bir vaqtda kurortga tashrifi, Germaniya, Yaponiya, Hindiston, Indoneziya va Qirg'iziston xalqaro media guruhlarining Amirsoyni suratga olish maskani sifatida tanlagani, shuningdek, yetakchi "MY5", "Dunyo bo'ylab", "Yoshlar" va "Sport" milliy telekanallari tomonidan reportajlar tayyorlangani tasdiqlaydi.
  • Amirsoy Turkiy mamlakatlar tog' kurortlari ittifoqining asoschilaridan biri bo'lib, ushbu nufuzli alyansda O'zbekistonni faxr bilan namoyon etdi. Turkiy Davlatlar Tashkiloti homiyligida tuzilgan ushbu ittifoqda Amirsoy O'zbekistonning tog' turizmidagi yutuqlarini faxr bilan namoyon etdi.
Infratuzilmani rivojlantirish: mehmondo'stlik, qulaylik va xavfsizlik
  • Amirsoy Hills mehmonxonasining ochilishi xizmat ko'rsatish sifatini yuqori darajada saqlab qolgan holda, kurortda turar-joy hajmini oshirish va mehmonlarimizga qulay narxdagi turar joy turlarini tanlash imkonini berdi.
  • Gastronomik sohani kengaytirish doirasida restoranlar modernizatsiya qilinib, yanada xilma-xil taomlar taklif etuvchi ikkita yangi ovqatlanish maskani ochildi.
  • Kamondan o'q otish kabi yangi faoliyat turlari joriy etildi, ijara uchun kiyim-bosh to'liq yangilandi va jihozlar sezilarli darajada yaxshilandi.
  • Ikkita kanat yo'lining ish faoliyati optimallashtirildi, bu kutish vaqtini sezilarli darajada qisqartirdi. Mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqin hamkorlik esa yo'l infratuzilmasini saqlash va mehmonlarning yilning istalgan vaqtida kurortga qulay tashrifini ta'minlash bilan bog'liq muammolarni tezkor hal etishda muhim rol o'ynadi.
  • Yangi tog' velosiped yo'lining ishga tushirilishi ularning umumiy sonini uchtaga yetkazdi, bu esa mehmonlarga o'z darajasiga mos yo'lni tanlash imkonini beradi.
  • Xavfsizlik va professionallik korporativ tamoyillariga rioya qilish maqsadida maxsus treninglar tashkil qilindi. Jumladan, mehmonlar bilan ishlaydigan xodimlar uchun Buyuk Britaniyalik o'qituvchi tomonidan ingliz tili kurslari va qutqaruvchilar guruhi uchun favqulodda vaziyatlarga tayyorlov treninglari o'tkazildi.
Ijtimoiy mas'uliyat: insonlarga e'tibor
  • 2024-yilda biz pensionerlar, nogironlar va nogironligi bo'lgan shaxslar uchun imtiyozlarning tizimini saqlab qoldik, ayrim toifalar uchun 100% gacha chegirmalar taqdim etdik. Shuningdek, biz O'zbekistondagi ikkita nogironlar jamiyati guruhlari uchun kurortga tashrif buyurishni tashkil qilishda yordam berdik.
  • O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligini nishonlash doirasida dam olish maskanida barcha xizmatlarga 33% chegirma e'lon qilindi va bu aksiya bir oy davom etdi.
  • O'zbekiston terma jamoasining Parijdagi Paralimpiya o'yinlarida erishgan yutuqlari va ilhom manbai bo'lgani uchun minnatdorchilik belgisi sifatida biz paralimpiyachilarimizga mashg'ulotlar o'tkazish uchun kurortning tog'-chang'i yo'laklariga bepul kirishni ta'minladik.
  • Biz sport va faol hayot tarzini qo'llab-quvvatlash va targ'ib qilishga qaratilgan bir qator qiziqarli tadbirlarda ishtirok etdik va asosiy hamkor sifatida zarur joylarni ajratib berdik. Jumladan: chang'i sporti bo'yicha O'zbekiston chempionati, Sky Camp Bo'stonliq poygasi, Befit Race ekstremal to'siqlar poygasi, tog' velosipedi, shuningdek, tog' chang'isi va snoubording havaskorlar o'rtasidagi beshinchi musobaqasi. Ushbu tadbirlar 3 mingdan ortiq ishtirokchi va tomoshabinlarni birlashtirib, ularga o'ziga hos kuch-g'ayrat, hayajon va sport mahoratini bag'ishladi.
  • O'zbekistonda e'lon qilingan Yoshlar va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash yilida biz yosh avlodga bepul yordam ko'rsatishni davom ettirdik. Bo'stonliq tumanidagi 120 nafardan ortiq kam ta'minlangan oila farzandlari navbatdagi xayriya aksiyasi doirasida Amirsoyning faxriy mehmoni bo'ldi.
  • Amirsoy bolalarning, jumladan, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining sog'lom va ma'rifiy hordiq chiqarishi uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan "Высота" jamoatchilik loyihasi doirasida an'anaviy tadbirlar o'tkaziladigan maskan bo'lib kelgan.
Ekologik missiya: tabiat va yashil kelajakka g'amxo'rlik
  • "Yashil Makon" milliy loyihasini qo'llab-quvvatlash doirasida Amirsoy hududiga 3 ming tupdan ortiq daraxt va ko'chatlar ekildi, bu esa hudud ekotizimini tiklash uchun muhim qadam bo'ldi.
  • Yaylov va chorva mollarining kurort hududi orqali migratsiyasini cheklashni davom ettirish orqali tabiiy regeneratsiyaga sharoit yaratildi. 2024-yilda bu sa'y-harakatlarimiz natijasida biologik xilma-xillikning ortib borayotganini, jumladan, meva mavsumida ayiqlarning Amirsoy olma bog'iga qaytishini mamnuniyat bilan kuzatdik.
  • Uglerod izini kamaytirish uchun butun kurort bo'ylab elektr transport vositalarini zaryadlash stansiyalari o'rnatildi, bu yashil transport foydalanuvchilari uchun qulay imkoniyat yaratdi.
  • Tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish yakunlandi. Bu chiqindi suvlarni 100% qayta ishlash, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va irrigatsiya hamda sun'iy qor tizimlarida samarali foydalanishni ta'minladi.
  • "Amirsoy" jamoasi maishiy chiqindilarni olib chiqish va kurort hududini tozalash bo'yicha an'anaviy aksiyada ishtirok etdi.

2025: YANGI IMKONIYATLAR YILI

Kelgusi yil ham yangi yutuqlar va muhim voqealarga boy bo'lishini va'da qilmoqda.

  • «Apple Tree» yangi shinam mehmonxonasining ochilishi mehmonxona joylashuv imkoniyatini 1,5 baravardan ko'proq oshiradi. Xalqaro brenddagi qahvaxona esa mehmonlar uchun qulay muhit va yuqori darajadagi xizmat ko'rsatish joyiga aylanadi.
  • Biz bolalar maydonchasi, oziq-ovqat nuqtalari va xarid qilish imkoniyatlariga ega yopiq ko'ngilochar markaz yaratish bo'yicha ishlar boshlanmoqda.
  • Dam olish maskanlarini kengaytirish, jumladan, yangi piyoda yo'nalishlari va ko'ngilochar maskanlar, velosiped ijarasi ochish, madaniy va sport tadbirlari turkumini tashkil etish va o'tkazish, shubhasiz Amirsoy mehmonlariga qulaylik yaratadi.
  • Biz ochiq osmon ostida simfonik orkestrlar va xor jamoalari ishtirokidagi «Open Air» konserti uchun tayyorgarlik ishlari boshlanadi.
  • Biz qulay va ekologik ma'suliyatli dam olishni targ'ib qiluvchi tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashni davom ettiramiz, jamiyat taraqqiyoti va atrof-muhitni asrashga hissa qo'shadigan loyihalarni izchil amalga oshiramiz.

AMIRSOY: TABIATDAN ILHOMLANGAN MEHMONDO'STLIK

Amirsoy - dam olish maskani emas. Bu har bir mehmon o'zgacha taassurotlarning bir qismiga aylanadigan joy. Bu yerda qulaylik va ekologik tozalik uyg'unlashib, ilhom baxsh etadigan maskan yaratiladi. Dam olish maskani asoschisi, kompaniyaning Direktorlar kengashi raisi Ravshan Ubaydullaev asos solgan falsafa oddiy, ammo teran: Amirsoy – bu xizmat ko'rsatishning yuksak standartlari inson va tabiatga bo'lgan g'amxo'rlik uyg'unlashgan joy. Bu tamoyil bizni har kuni oldinga siljishga, takomillashtirishga va unutilmas tajribalar yaratishga undaydi. 2024 yilda biz bilan birga bo'lgan mehmonlarimiz, hamkorlarimiz va xodimlarga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz. Biz birgalikda ilhomlantiruvchi imkoniyatlar va hayajonli yutuqlarga to'la kelajakni qurmoqdamiz. 2025-yil barchaga ilhom va foyda olib keladigan yangi marralar va kashfiyotlar yili bo'lsin!

Rustamjon Raimjonov, "Amirsoy" tog' kurortining bosh direktori